Saudiya Arabistoni elchixonasi Kobuldagi faoliyatini tiklaydi

Saudiya Arabistoni elchixonasi Kobuldagi faoliyatini tiklaydi

Birlashgan Arab Amirliklari elchixonasi ochilishi va Germaniyaning xohish-istaklaridan so‘ng, ba’zi arab OAVlari Saudiya Arabistoni elchixonasining Afg‘oniston poytaxtida qayta ochilishi mumkinligi haqida xabar berishgan.

Tasnim agentligi mintaqaviy bo‘limiga ko‘ra, arab ommaviy axborot vositalari Saudiya Arabistoni Kobuldagi elchixonasini uch oy ichida qayta ochishga va Afg‘oniston bilan diplomatik aloqalarni tiklashga qaror qilganini ma’lum qilgan.

Arab 9 TV telekanalining xabar berishicha, Kobulda BAA elchixonasi ochilgani va Afg‘oniston bilan diplomatik aloqalar tiklanganidan so‘ng, Riyoz rasmiylari ham diplomatik munosabatlarni tiklashga qaror qilgan. Yetakchi arab kanali Saudiya Arabistoni elchixonasi tez orada Kobulda ochilishini aytgan.

Avvalroq «Tolibon» harakati rasmiy vakili o‘rinbosari Inomullo Samangoniy «BAA Kobuldagi o‘z elchixonasini qayta ochib, bayrog‘ini ko‘tardi» deb yozgan edi.

«Bu yaxshi harakat. Ilgari yaxshi munosabatlarga ega bo‘lgan Afg‘oniston va Birlashgan Arab Amirliklari bu munosabatlarni rivojlantirishda davom etishi kerak”, - deydi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!