“Sariq nimchalilar” ga “ Qizil qo‘llar” qo‘shilishmoqda

“Sariq nimchalilar” ga “ Qizil qo‘llar”  qo‘shilishmoqda
Fransiyadagi  sariq nimchalilar  orqasidan  qizil qo‘llar  ham paydo bo‘lishni boshlamoqda - bu mehnat sharoitlarini yaxshilash, ish haqini oshirish va sinflardagi o‘quvchilar sonini kamaytirish kerak bo‘lgan o‘qituvchilar harakati, deya xabar beradi  RIA novosti.
Harakat 12 dekabr kuni boshlangan bo‘lib, bugungi kunda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida 65 mingga yaqin a’zosi mavjud. 
Hukumat vakillarining ta’kidlashicha, 35 yil mobaynida ularning ish haqi 40 foizga kamayib, sotib olish qobiliyatini qaytarishni talab qiladi. O‘qituvchilar shuningdek, mehnat sharoitlarini yaxshilash va sinflardagi o‘quvchilar sonini 35-30 yoki 25  tagacha kamaytirishlarini talab qilishmoqda.
 Qizil qo‘llar    sariq nimchalilar dan mustaqil ravishda ishlaydilar va Fransiya ta’lim vaziriga qarshi chiqmasliklarini ta’kidlashmoqda.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!