Sardor Rashidovning Portugaliya chempionatidagi debyut o‘yinida jamoasi sharmanda bo‘ldi

Sardor Rashidovning Portugaliya chempionatidagi debyut o‘yinida jamoasi sharmanda bo‘ldi

10 fevral, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Portugaliya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan bahsda Sardor Rashidov to‘p surayotgan Nasional klubi safarda Benfika mehmoni bo‘ldi. Bu haqda Daryo yozmoqda.

Uchrashuvning dastlabki daqiqasidayoq Benfika a’zosi Alexandro Grimaldo hisobni ochdi (1:0). 21 va 27-daqiqalarda Haris Seferovich Nasional darvozasini ishg‘ol qildi va dublga erishdi. 85 va 90-daqiqalarda Jonas ham gol urib, dubl qayd etdi. Joao Feliks, Pissi, Fransisko Ferreira, Ruben Diash, Rafa Silva ham o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa Nasional Sardor Rashidov debyut qilgan bellashuvda yirik 0:10 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi hamda Toshkentning Lokomotiv klubi sobiq yarim himoyachisi Sardor Rashidov 16 yanvar kuni Portugaliyaning Nasional klubiga o‘tgandi.

Primeyr liga

21-tur bahsi

10 fevral, yakshanba

Benfika Nasional 10:0

Gollar: 1:0 1 Grimaldo, 2:0 21 Seferovich, 3:0 27 Seferovich, 4:0 50 Feliks, 5:0 54, penalti, Pissi, 6:0 56 Ferreira, 7:0 64 Diash, 8:0 85 Jonas, 9:0 88 Silva, 10:0 90 Jonas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!