Saraton xavfini oshiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari aytildi

Saraton xavfini oshiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari aytildi

Isroilning  Lautenberg universiteti immunologiya va saraton tadqiqotlari markazi olimlari xulosalariga  ko‘ra,  antioksidantga boy  mahsulotlar ayrim saraton kasalliklari xavfini oshirishi mumkin.

Xususan,  puxta tahlil natijasida yo‘g‘on ichakda saratonning tez tarqalishiga sabab bo‘ladigan "aybdorlar" aniqlangan. Bular qora choy, shokolad, yong‘oq  kabi antioksidant miqdori  yuqori oziq-ovqat mahsulotlaridir.

Olimlarning fikriga ko‘ra, saraton kasalligining rivojlanishida hal qiluvchi rolni "p53" deb nomlangan oqsil o‘ynaydi, u hujayradagi irsiy mutasiyalarni bostiruvchi hujayrali to‘siq vazifasini bajaradi. Oqsil shikastlanganda, u nafaqat hujayrani himoya qilishni to‘xtatadi, aksincha, saraton rivojlanishini rag‘batlantiradi, o‘smalarning tarqalishi va o‘sishiga yordam beradi.

Tadqiqotchilar antioksidantga boy mahsulotlar  bilan doimiy  oziqlantirilgan  sichqonlar ustida tajriba o‘tkazdi. Natijada "r53" oqsili sichqonlar  ichak florasida saratonni qo‘zg‘atuvchi rejimini tezlashtirganligi aniqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!