Santush: «Ronaldu Portugaliyani chempion qilmoqchi»

Santush: «Ronaldu Portugaliyani chempion qilmoqchi»

Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning holatiga yuqori baho berdi.

«Milliy jamoaga chaqirilgan barcha futbolchilar singari Ronaldu ham o‘z mahoratini ko‘rsatmoqchi va Portugaliyani jahon chempioniga aylantirmoqchi.

U g‘alabalarga chanqoqmi? Ko‘ramiz. U doimo och bo‘lgan, shuning uchun uzoq vaqt davomida yuqori darajada.

Bir oy oldin uning qanday formada bo‘lgani meni qiziqtirmaydi. O‘shandan keyin u «Manchester Yunayted» tarkibida 4ta o‘yinda maydonga tushdi», — deya Santushning so‘zlarini keltiradi The Mirror.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!