Sankt-Peterburgda ishlayotgan yurtdoshlarimizning hujjatlari qaytarib berildi

Sankt-Peterburgda ishlayotgan yurtdoshlarimizning hujjatlari qaytarib berildi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Sankt-Peterburgdagi vakilligiga O‘zbekiston fuqarolari vaqtincha ishlayotgan qurilish ob’ektlarida ish beruvchi ularning pasportlarini olib qo‘yilgani to‘g‘risida murojaat qiladi.

Muammoga oydinlik kiritish maqsadida ish beruvchi bilan suhbat o‘tkazilib, Rossiya Federasiyasining amaldagi qonunchiligi asosida javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi va fuqarolarning pasportlari o‘z egalariga qaytarildi.

Shuningdek, fuqarolarga Rossiya Federasiyasi hamda O‘zbekiston qonunchiligini buzmaslik, ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik hamda turli va’dalarga uchmaslik yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!