Sankt-Peterburgda 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi pichoqlab ketildi

Sankt-Peterburgda 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi pichoqlab ketildi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Moskva tumanida joylashgan avtobus bekatida o‘zbekistonlik yigit pichoqlangan holda topildi.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 2 yanvar kuni polisiyaga 23 yosh atrofidagi yigitning avtobus bekatida qonga belanib yotgani haqida xabar kelgan. Voqea joyiga yetib borgan tez yordam xizmati jabrlanuvchini Tez tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot instituti klinikasiga olib borgan.

Shifokorlar o‘zbekistonlik yigitning ko‘krak qafasi va qorin sohasi kesilganini ma’lum qilgan. Yigitning shaxsiy buyumlari ichidan 31 yoshli Nikolay ismli shaxsning pasporti topilgan. U muhojirga hujum qilganlikda gumonlanib, hibsga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!