Madaniy meros agentligi matbuot xizmati muzeylardagi rasmlar sotilayotganiga rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda San’at muzeyi kolleksiyasiga aloqadorligi aytilayotgan san’at buyumlari onlayn sotuvga chiqarilgan. Bu esa keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. Jamoatchilik esa bunga oydinlik kiritishni so‘radi.
Mazkur holat yuzasidan ma’sullar sotuvga qo‘yilgan san’at asarlarini sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirdi. Bu haqdagi tegishli surishtiruv va tushuntirish hisobotlari muzey muhofizlari tomonidan o‘rganilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur suratlar muzey kolleksiyasiga mansub emas hamda ularning elektron sotuvga chiqarilishi bilan San’at muzeyining rekonstruksiya va joriy ta’mirlash uchun yopilishi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q.
San’at muzeyining barcha eksponatlari to‘liq raqamlashtirilgan, davlat muzeylaridagi elektron identifikasiya qilinuvchi muzey ashyolari va sara to‘plamlari soni barqaror o‘sishda davom etmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.
Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.