Samarqandda o‘qituvchilar “Tashabbusli byudjet”ga ovoz to‘plash uchun bozorda yurgani rad etildi

Samarqandda o‘qituvchilar “Tashabbusli byudjet”ga ovoz to‘plash uchun bozorda yurgani rad etildi

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi maktab o‘qituvchilari “Tashabbusli byudjet”ga ovoz to‘plash uchun bozorda yurgani aytildi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga izoh berdi.

Murojaat yuzasidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar davomida maktab o‘qituvchilari A.N. va O‘.D.lar yakshanba, dam olish kunida o‘z ehtiyojlari uchun Urgut bozoriga borganida bozorda qarindoshlarini ko‘rib qolib, maktablari uchun “Tashabbusli byudjet”ga ovoz berishlarini da’vat etgani ma’lum bo‘ldi.

Maktabda sport zali mavjud emasligi, isitish tizimi hamda tom qismining ta’mirtalabligi, mavjud hojatxona kichkinaligi sababli yangi hojatxona qurish zarurligi aniqlandi.

Prezidentning “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga hududdagi xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash vazifasi yuklatilgan.

Shundan kelib chiqib, maktabni ta’mirlash ishlariga amaliy yordam so‘rab Jomboy tuman hokimligiga xat chiqarildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!