Samarqandda qimorxona ochgan mahalla raisi ishdan olindi

Samarqandda qimorxona ochgan mahalla raisi ishdan olindi

Samarqand viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi matbuot xizmati Pastdarg‘om tumanidagi «Qozoq Nayman» MFY raisining qimorxona ochgani aytilgan xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Tarqalgan xabarlarda mahalla fuqarolar raisning o‘zi aholi uchun qimorxona ochib olgani qayd etilgan. «Ahror Arslonov hech qachon mahalla ahliga foydali ish qilgan emas. U «uchiga chiqqan, maishatparast, qimorboz», — deyiladi postda.

Mazkur holat viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish natijasida mahalla raisining o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shatish to‘g‘risida ariza yozganligi aniqlandi.

Vakillar yig‘ilishining qaroriga ko‘ra mahalla fuqarolar yig‘ini raisining vakolati muddatidan oldin tugatildi. Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar faoli D.Gapparova vaqtinchalik mahalla raisi vazifasini bajaruvchi etib saylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!