Samarqandda Yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo Ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi

Samarqandda Yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo Ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi

23 sentyabrdan 25 sentyabrgacha Samarqand shahrida Yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo 4-Ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi. 11 ta mamlakatdan 300 dan ortiq sportchilar xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi. Ochiq turnirda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston terma jamoalari tashrif buyuradi. Ularga Malayziya, Tailand va Filippinlardan sportchilar qo‘shiladi.

Sport musobaqasi O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va Yengil atletika federatsiyassi tomonidan Markaziy Osiyo yengil atletika assosiasiyasi va “O‘zbekneftgaz” AJ ko‘magida tashkil etildi.

Samarqand shahridagi yugurish yo‘lakchasining yangi qoplamasi va World athletics standartlariga mos ravishda sertifikatlangan uloqtirish uchun sektorlariga ega “Afrosiyob Arena” sport majmuasi yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo Ochiq chempionatini o‘tkazish uchun tayyorlab qo‘yildi. Ochiq turnir stadion rekonstruksiyasdan keyin o‘tkazilayotgan ilk yirik tadbir bo‘lib hisoblanadi.

Sportchilar asosiy yugurish yo‘nalishlarida ham, texnik musobaqalarda ham - balandlikka sakrash, tayanib sakrash, uzunlikka, uch hatlab sakrash, disk, bolg‘a, otish, nayza uloqtirish bo‘yicha qatnashadi.

Engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi deyarli barcha yo‘nalishlarda chiqishi belgilangan. Stadionga ishtirokchilar bilan birgalikda V Islom Birdamlik o‘yinlari g‘oliblari Sharifa Davronova, Anvar Anvarov, Suxrob Xo‘jayev, Farida Soliyeva, Nargiza Qo‘chqorova va Roksana Xudoyarova kuch sinash uchun chiqadi.

Musobaqaning uchinchi kunida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi kubogi o‘ynalishining, “Save Aral 2022” xalqaro xayriya ommaviy yugurish musobaqasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ikki mingdan ortiq ishtirokchilar Orol dengizi atrofidagi ekologik muammoga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida o‘tkaziladigan Save Aral musobaqasini qo‘llab-quvvatlash uchun ishtirok etadi.

Ochiq chempionatning to‘liq dasturi bilan Yengil atletika federasiyasi saytida tanishib chiqish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!