Samarqandda bitta odamga tegishli 8 ta savdo do‘koni va 5 ta pavilyon to‘liq yonib ketdi

Samarqandda bitta odamga tegishli 8 ta savdo do‘koni va 5 ta pavilyon to‘liq yonib ketdi

2021 yil 24 may kuni tunda Pastdarg‘om tumanidagi “Pastdarg‘om meva-sabzavot” MCHJ avtoturargohi hududida joylashgan fuqaro SH.Umarovga tegishli bo‘lgan yengil konstruksiyali savdo do‘konlar va unga yaqin masofada joylashgan poliz ekinlari sotishga mo‘ljallangan pavilyonlarda yong‘in ro‘y bergan.

Voqea joyi ko‘zdan kechirilganida 120 kv.m maydondagi jami 8 ta savdo do‘koni, 90 kv.m maydondagi 5 dona yengil konstruksiyali pavilyonlar va ichidagi mahsulotlar to‘liq yonib ketganligi aniqlangan.

Shu kuni Pastdarg‘om tuman prokuraturasi tomonidan holat bo‘yicha JKning 173-moddasi 1-qismi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari tuman IIB huzuridagi TBda tuzilgan tergovchilar guruhi tomonidan olib borilmoqda.

Yong‘in sababini aniqlash maqsadida sudga oid yong‘in texnika ekspertizasi tayinlangan.

Tergov jarayonida fuqarolar D.Soatova, A.Agayeva, G.Amirova va boshqalar holat yuzasidan batafsil so‘roq qilinib, 6 nafar fuqarolar jinoyat ishi yuzasidan jabrlanuvchi sifatida e’tirof etilgan.

Jabrlanuvchilar tomonidan ko‘rsatilgan barcha vajlar tergov davomida har tomonlama o‘rganib chiqilishi ta’minlanadi.

Mazkur jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!