Samarqandda beshta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Samarqandda beshta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Samarqand shahrida bir nechta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2024 yil 28 sentyabr kuni soat 11:15 lar atrofida Samarqand shahar Dahbed ko‘chasida ro‘y bergan.

Beshta transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan va vafot etmagan. Beshta mashina turli darajada shikastlangan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!