Saloh Angliya kubogi finalida jarohat oldi, "Liverpul" g‘alaba qozondi

Saloh Angliya kubogi finalida jarohat oldi, "Liverpul" g‘alaba qozondi

Angliya kubogi finali doirasidagi «Chelsi»ga qarshi uchrashuvda «Liverpul» jiddiy yo‘qotishga uchradi.

Bahsning 33-daqiqasida liverpulliklar forvardi Muhammad Saloh jarohat olib, maydonni tark etdi. Misrlik futbolchi o‘ng oyog‘idan og‘riq sezgach, zaxiraga olingan. Uning o‘rniga Diogu Jota maydonga tushdi.

Saloh Angliya kubogi finalida jarohat oldi, "Liverpul" g‘alaba qozondi

Ma’lumot uchun, uchrashuvning asosiy vaqtida har ikkala jamoa ham gol kirita olishmadi – 0:0.

Qo‘shimcha bo‘limlarda ham to‘p kiritilmadi. Natijada penaltilar seriyasida esa omad "Liverpul"ga kulib boqdi. Penaltilar seriyasi: 5:6

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» YECHL finali doirasida 28 may kuni «Real»ga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, APLda chempionlik uchun kurash olib borayotgan Yurgen Klopp shogirdlarini 17 may kuni «Sauthempton», 22 may kuni esa «Vulverhempton»ga qarshi bahs kutib turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!