Fazodagi to‘qqiz oylik sarguzashtdan so‘ng, NASA astronavtlari Butch Uilmor va Suni Uilyams nihoyat uyga qaytishmoqda. Ular Xalqaro kosmik stansiyada 8 kun o‘rniga 9 oy qolib ketishgandi. Hammasiga texnik nosozliklar aybdor.
SpaceX kapsulasi Uilmor va Uilyamsni Yerga qaytarmoqda, ularning sheriklari ham bor — NASA astronavti Nik Heyg hamda rossiyalik kosmonavt Aleksandr Gorbunov.
Kapsula 18 mart kuni Grinvich vaqti bilan soat 05:05 da (bizning vaqt bilan 10:05 da) XKSdan uzilib, o‘sha kuni Grinvich vaqti bilan 21:57 da (bizning vaqt bilan 19 mart 03:57 da) Florida sohillari yaqiniga tushishi belgilangan. Ob-havo sharoitiga qarab «uchrashuv vaqti» o‘zgarishi mumkin.
Butun dunyo e’tiboriga tushgan ushbu voqea shu nuqtada nihoyasiga yetishi mumkin, fazogirlarga so‘nggi daqiqalardagi jiddiy sinovdan oldin omad tilab qolamiz.
To‘ldirilgan xabar!
Fazogirlarni olib qaytgan Crew Dragon kemasi Florida sohillari yaqinida muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirgan. NASA sayti voqea jarayonini jonli efirda namoyish etdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Украина Қуролли Кучлари 70 дан ортиқ ҳарбий хизматчи, 3 та танк, 2 та БМП, 11 та зирҳли жанговар машина, 3 та муҳандислик машинаси, 7 та енгил автомобиль вa тўртта артиллерия қуролини йўқотди
“Репорт” нинг “ТАСС”ГА таяниб хабар беришича, ҳозирда майдонда 1000 га яқин одам бор, бироқ турли сиёсий ва ижтимоий ҳаракатлар байроқлари остида намойишчилар колонналари Конгресс томон юришда давом этмоқда.
Россия Президенти матбуот котиби Дмитрий Песков Россия етакчиси Владимир Путин ва унинг америкалик ҳамкасби Дональд Трамп ўртасидаги музокаралар ҳақида гапирди.