Ruud van Nistelroy “Manchester Yunayted”da ish boshlashi mumkin

Ruud van Nistelroy “Manchester Yunayted”da ish boshlashi mumkin

Ruud van Nistelroy “Manchester Yunayted”da Erik ten Hag shtabida ish boshlashi mumkin.

Bu haqida Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Shuningdek, Nistelroy “Byornli” bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan. Yaqinda Vensan Kompani “Byornli”ni tark etib, “Bavariya”da ish boshlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik mutaxassis futbolchilik faoliyatida 2001 yildan 2006 yilga qadar mankunianliklar safida to‘p surgan.

Murabbiylik faoliyati davomida esa “PSV”ning bir nechta yosh darajalarida ishlagan va 2022 yildan 2023 yilga qadar asosiy jamoada ham ishlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!