Rus shifokor o‘zbek qiziga: "Net, net, eto xaram, xaram, snimat ne nado"

Rus shifokor o‘zbek qiziga: "Net, net, eto xaram, xaram, snimat ne nado"

Rus millatiga mansub bo‘lganlar iymonga kelsa, aksari xolis mo‘min bo‘lishini har doim bilganman. 

Kecha kichik qizimni tishini oldirgani stomatologiyaga olib  borgan edim. Odam juda ko‘p , hamma xonalarda o‘nlab kishilar  navbatda ekan. Bir xonaga navbat raqami oldim. Kutsam asr qazo bo‘lishi aniq edi.  Shavvozlik qilib  navbatsiz o‘tib ketay desam o‘tib ketar edim-ku , ammo  chakagimdagi soqol va qizimni o‘ragan ro‘moli bizni musulmon ekanimizni bildirib turgani uchun, navbatda turganlarda muqaddas dinimiz sha’niga salbiy qarash uyg‘otmaslik uchun kutib  o‘tirishni afzal bildim. 

Ammo keyin qarasam bu fikrdan ko‘ra namozni qazo qilmaslik fikri g‘olib keldi. Qalbi mog‘or bosgan odam baribir tirnoqdan kir izlaydi deb ijtixod qilib, birrovga kirib shifokordan maslahat so‘rashga qaror qildim . 

Yaxshiyam kiribman . Meni noto‘g‘ri xonaga navbatga yo‘llab qo‘yishgan ekan. Ana tibbiyot sizga! Tursangiz, turaverasiz ekan.   Xullas, boshqa xonaga borib jarroh xonasiga yangi navbat oldik.

Navbatimiz kelib kirsak, shifokor yoshi katta bir rus millatiga mansub kishi ekan. Qizim o‘rindiqqa o‘rnashib o‘tirdi. Jarroh og‘riq qoldiruvchi ukol qorishmasini tayyorlay boshladi. Shunda qizim, ro‘molim xalaqit bersa kerak deb endi yechayotgan edi, haligi rus amaki shiddat bilan qizimni qo‘lini ushlab olib, "Net, net, eto xaram, xaram, snimat ne nado" desa bo‘ladimi?!  Men  "Mashaallah , vi musulmanin, da?" desam ,  "A kak je , ya je s detstvo jivu sredi musulman, ya rodilsya zdes v Tashkente" deydi. Menimcha, boshqasi bo‘lganda farqiga bormagan bo‘lardi deb o‘ylab qoldim. 

Asrga uyga yetib keldik. Uydan chiqayotganda: "Bismillahi tavakkalta alallohi, la havla vala quvvata, illa billah" deb aytishni kanda qilmaymiz.

Abdulloh Nurxonov

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!