Rossiyalik investorlarga Xitoyga joylashish taklif qilinyaptimi?

Rossiyalik investorlarga Xitoyga joylashish taklif qilinyaptimi?

«Pervaya» boshqaruv kompaniyasi Xitoy bozorida faoliyat yuritish uchun Xitoy Qimmatli qog‘ozlarni tartibga solish komissiyasidan (CSRC) lisenziya oldi. Endilikda boshqaruv kompaniyasi fyuchers va qimmatli qog‘ozlar bilan operasiyalarni amalga oshirishi, Xitoyda depozitariylar va brokerlarda hisob raqamlarini ochishi mumkin, deb xabar beradi RBC.

Pervaya infratuzilmani qurishni tugatgandan so‘ng, kompaniya o‘z mijozlariga Xitoy bozorida mahsulotlarni taklif qilishni rejalashtirmoqda: birinchi navbatda, Xitoy fond bozoridagi mahsulotlar.

«Bizning fikrimizcha, eng katta istiqbollar chakana savdoning yangi shakllari, yangi energiya va bulut texnologiyalari kompaniyalari uchun», - deydi kompaniya.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!