Rossiyalik harbiy jurnalist Ukrainada halok bo‘ldi

A A A
Rossiyalik harbiy jurnalist Ukrainada halok bo‘ldi

Rossiyalik harbiy jurnalist Sergey Postnov 14 iyunga o‘tar kechasi Ukraina hududida xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtda halok bo‘lgan.

Rossiyalik harbiy jurnalist, Milliy gvardiya matbuot xizmati xodimi, polkovnik Sergey Postnov Ukrainadagi maxsus harbiy operasiya vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati faxriylar kengashi saytida xabar berildi.

“2022 yil 13 iyundan 14 iyunga o‘tar kechasi harbiy jurnalist, Rossiya gvardiyasi ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro aloqalar 1-bo‘limi axborot-javob guruhi boshlig‘i, polkovnik Sergey Postnov harbiy xizmat burchini o‘tayotgan vaqtda bu hayotdan ko‘z yumdi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, marhum jurnalist Xarkov viloyati va Lugansk Xalq Respublikasining bir qator shahar hamda qishloqlarini ozod qilish jarayonini yoritgan.

U to‘rt oydan ko‘proq vaqt davomida Ukrainadagi maxsus harbiy operasiyada ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, Postnov 2002 yilda Rossiya Mudofaa vazirligi Harbiy universitetining madaniyat va jurnalistika fakultetini tamomlagan hamda Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlariga ishga kirgan.

U “Zorkiy chasovoy” tuman gazetasida muxbir, so‘ngra muharrir bo‘lib ishlagan, shuningdek, “Na boyevom postu” harbiy jurnali tahririyatida ham uzoq muddat faoliyat ko‘rsatgan. Postnov turli mukofotlarga, jumladan, 2-darajali “Vatanga xizmatlari uchun” ordeni va Suvorov medali bilan taqdirlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!