Rossiyalik erkak Everest cho‘qqisiga chiqish paytida vafot etdi

Rossiyalik erkak Everest cho‘qqisiga chiqish paytida vafot etdi

55 yoshli rossiyalik alpinist Pavel Kostrikin Nepalda Everest cho‘qqisiga chiqish chog‘ida vafot etdi. Bu haqda 8 may, yakshanba kuni “TASS” xabar beradi.

Dastlab, u 7 may, shanba kuni 5360 metr balandlikdagi lagerda vafot etgani ma’lum bo‘lgandi. Bundan biroz oldin rossiyalik o‘zini yaxshi his qilmayotganidan shikoyat qilgan.

Keyinroq Rossiyaning Nepaldagi elchixonasi rossiyalik alpinistning jasadi tekshiruv uchun Katmanduga yuborilishini ma’lum qildi. Tez orada alpinistning qarindoshlari ham “jasadni olib chiqish yoki ko‘mish masalasini hal qilish uchun” Nepalga kelishi kerak.

Departament, shuningdek, erkakni 6100 metr balandlikda joylashgan lagerda qutqarib bo‘lmasligini aytdi - u Everestdagi bazaviy lagerdan balandroqda joylashgan. Aniqlik kiritilishicha, ular rossiyalikni qiyalikdan pastga tushirishga harakat qilgan, biroq vertolyot yomon ko‘rinish tufayli vazifalarni bajara olmagan, deya tushuntirdi elchixona.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!