Rossiyalik aktyor o‘zbek xalqining tuzini yeb, tuzlug‘iga tupurdimi?

Rossiyalik aktyor o‘zbek xalqining tuzini yeb, tuzlug‘iga tupurdimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik aktyorning rus tilida noto‘g‘ri talaffuz bilan so‘zlagan o‘zbek erkakni masxara qilib gapirgani keng muhokama va tanqidlarga sabab bo‘ldi. O‘zbek faollari rus aktyorni yaxshigina “savalamoqda”.

Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik kino aktyor Sergey Bezrukovning o‘zbekistonlik erkakning talaffuzini taqlid qilgani aks etgan videolar bir necha oy o‘tib, jamoatchilik orasida o‘tgan haftada eng ko‘p muhokama qilingan mavzulardan biriga aylandi.

Bezrukovning “TASS”da bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanidagi nutqidan qirqilgan parcha keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Anjumanda aktyor to‘rt yil avval O‘zbekistonga kelganida ro‘y bergan voqeani gapirib bergan. U sahnada turib, o‘zbekistonlik erkakning rus tilidagi xato talaffuzini gapirgan. Rolga kirishib aytgan holati jamoatchilik orasida keskin tanqidlarga va salbiy munosabatlarga sabab bo‘ldi.

“Mehmon otangdan ulug‘” deb ideallashtirish kerak emas

Jamoatchilik faoli, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja o‘zining Facebook tarmog‘ida Sergey Bezrukovga qarata “shirindan-shirin” gaplarni yozdi.

Rossiyalik aktyor o‘zbek xalqining tuzini yeb, tuzlug‘iga tupurdimi?

“Sergey Yevgenevich, aftidan, siz dunyo sizning “daholigingiz” oldida oh-voh qilib, hayratga tushishi uchungina mavjud, deb chin dildan ishonasiz. Siz O‘zbekistonga kelibsiz-u, hikoyangizga qaraganda, o‘zingizni ming yillik madaniyatga ega mamlakatga emas, balki suratga olish maydonchasiga tushib qolgandek his qilgansiz, bu yerda siz porlashingiz, qolganlar esa hayratdan titrashi kerak, deb o‘ylagansiz.

Matbuot anjumanida esa berilib, achinarli bir voqeani so‘zlab berdingiz: tunggi soat birda sizga to‘satdan bir fikr “kelib qolgani” haqida: “Bir ma’naviy arg‘imchoq uyushtirsam-chi? O‘zbeklar sovg‘a qilgan barcha gullarni olib, Tatyana Sergeevna qabristoniga olib borsam-chi. Ajoyib-ku!”

Aniqrog‘i, Tatyana Sergeevna Yeseninaga. Birinchidan, Sharqda odobli odamlar tunda, shirakayf holatda mozorlarda, ya’ni qabristonlarda sang‘ib yurmaydi”, — deya yozdi u.

Shuningdek, rektor Bezrukovga odamlar samimiy qalb bilan sovg‘a qilgan tekin gullarni qabristonga olib borganidan so‘z ochdi.

“Gonorar pulingizga sotib olishga qurbingiz yetmadimi? Bu ehtiromni qadrlash o‘rniga, siz ulardan o‘zingizni “ma’naviy yuksalishingiz” haqidagi yangi ichki sahna uchun tekin rekvizit sifatida foydalandingiz. Keyin esa qabriston direktori tunda “uxlayotgani”, “rus tilini bilmagani” va faqat bitta – “Beliy” so‘zini aytganidan mazax ham qildingiz.

Shu o‘rinda rus madaniyati o‘n yilliklar davomida latifalarda targ‘ib qilib va namoyish etib kelayotgan narsa namoyon bo‘ldi: chukchalar, xoxollar, “kichik xalqlar” – masxara qilish uchun. Begona madaniyat – mensimay hazil qilish uchun. Va mana siz, ushbu mamlakatda turib, o‘sha qarashni beixtiyor takrorlayapsiz: g‘ashlanish, hayratlanish, o‘zingizni “yuqori”, qandaydir “oq tanli odam”dek ko‘rsatishga urinish, qolganlar esa go‘yo 2-navli aborigen yoki hindular.

Eng yomoni, bu voqeaning oxirida hatto mamlakatni ham adashtirib yubordingiz. O‘zingiz. Sizga kimdir aytgani yo‘q — o‘zingiz aytdingiz: “Raxmet”. O‘zbekistonda, ya’ni bu yerda “Rahmat” deyiladi”, — degan Qudratxo‘jayev.

Uning aytishicha, O‘zbekistonning uning oldida hech qanday qarzi yo‘q — na gul, na ta’zim va na tungi mistik ilhomlar. Shuningdek, u O‘zbekistonda odamlar tunda uxlashini va bu yerda insonlarlar unga mos tilda emas o‘z tilida gaplashishini qo‘shimcha qildi. U ochiqchasiga rus tilidagi talaffuzda xato borligini aytdi, chunki rus tili bizning ona tilimiz emasligiga alohida to‘xtaldi.

“Arzon PR ketidan quvib, siz hurmatni xizmat, sovg‘alarni rekvizit, mamlakatni esa o‘z dabdabangiz uchun fon sifatida qabul qilishingizni ko‘rsatdingiz. Tan oling: sizni g‘ashingizni keltirayotgan narsa qabriston direktori yoki “Beliy” emas. Sizga O‘zbekistonning sizga moslashmasdan ham yashashga jur’at etayotgani alam qilyapti.

Siz “noto‘g‘ri” o‘zbeklar haqida hikoya aytib bermoqchi bo‘lgansiz. Lekin o‘zingiz haqingizda hikoya qilib qo‘ydingiz: har bir shaharda odamlarni emas, o‘z egosi uchun dekorasiyalarni izlaydigan artist haqida.

O‘zbekiston sizdan hech narsa qarzdor emas. Na gul, na ta’zim, na tungi mistik ilhomlar. O‘zbekiston sizga mehmondo‘stlik ko‘rsatdi – siz esa gullarni va ancha pulimizni olib ketdingiz. Chunki olishni yaxshi bilasiz. Hurmatga munosib bo‘lishni esa – yo‘q. Ikki karra Xalq artistiga (Rossiya va Boshqirdiston) bunday qilish yarashmaydi, bu oddiy madaniyatli odam uchun sharmandali, uyat va “moveton”.

Rostini aytsak, o‘sha tunda siz Tatyana Sergeevna Yesenina qabri oldida turmagandingiz…”, — deya yozgan Sherzodxon Qudratxo‘jayev.

U tarmoqdagi o‘z postini shunday yakunladi: “Mehmonlarni “Mehmon otangdan ulug‘” deb ideallashtirish kerak emas. Doim had’ya qiladigan choponlarimizni, ipakdan bo‘lgan adras-u atlaslarimizni, oyog‘i ostigi osh bilan mehmon qilishni faqat buni qadrlaydiganlarga qilaylik! Keling, chetdan kelgan gastrolchilar oldida yelib-yugurib, ulardan kelgindi kumir yasashni to‘xtataylik.

O‘zi shundog‘am hech qayerda kutilmayotgan, jo‘g‘rofiyasi torayib borayotgan mana shunday ajnabiy artistlarni yurtimizga tashrifini kamaytirish payti keldi!”.

Jurnalist Sardor Usmoniy o‘zining Facebook tarmog‘ida Sergey Bezrukovni “isqirt masxaraboz” deb atadi.

Rossiyalik aktyor o‘zbek xalqining tuzini yeb, tuzlug‘iga tupurdimi?

““Qo‘lsiz” familiyali bu nusxani, umuman, rus kinolarining nimasini xushlashadi – hech tushunmayman. Sifatsiz kadrlar, o‘ta-o‘ta zerikarli dialoglar, birorta dunyo davlatiga chiqolmayotgan oqsoq kinosanoat. Mana, ardoqlashning oqibati… O‘laylik bu kunimizdan. Kelmasin bunaqalarning hech qaysisi pok tuproqlarimizga”, — deya yozadi u.

Tuzini yeb tuzlug‘iga tupurmoq

Adliya vaziri davlat tili maslahatchisi, jamoat faoli Shahnoza Soatova o‘zining Facbook tarmog‘ida Bezrukovning konsertini o‘sha vaqtdayoq bekor qilish kerakligini yozdi. Unga ko‘ra, urushni moliyalashtirish bilan maqtangan Lepsning konsertini qoldirishga jamoatchilik erishgan. Bezrukovning konsertini oldidan ham shunday chaqiriqlar bo‘lgan, biroq u baribir kelgan.

Rossiyalik aktyor o‘zbek xalqining tuzini yeb, tuzlug‘iga tupurdimi?

“Biz bularni quchoq ochib kutib olamiz, ziyofatlar beramiz, yelkasiga to‘n yopamiz, sahnalarimizga chiqib katta pullar ishlashiga qo‘yib beramiz. Bular esa yurtiga qaytgach “rus tilini bilmaydigan” o‘zbekistonliklarni masxaralab latifa aytib yuradi”, — deya yozadi u.

Vazir maslahatchisi Rossiya-Ukraina urushi boshlagandan beri Toshkentga rossiyalik “yulduzlar”ning tinmay kelishiga e’tibor qaratdi.

“Tinch kelib hurmatini bilib konsert qo‘yib ketsa mayli edi. Yo‘q, ba’zilari madaniyat, san’at olib kelyapman deb madaniyatsizlikning cho‘qqisini ko‘rsatib ketadi. Rossiyada o‘zbek yulduzi hurmatini bilib tinch konsert qo‘yganida esa tadbirning qiziq joyida kirib buzishadi”, deydi u.

Soatova tuzini yeb tuzlug‘iga tupurib ketadigan bunday nonko‘rlarni oqlash uchun “San’at - tinchlik elchisi", “Madaniy aloqalar siyosatdan xoli” degan iboralarga yopishmasligini yozdi. Unga ko‘ra, bunday shaxslarning miyasidagi, mentalitetidagi shovinizm baribir o‘rni kelib toshib chiqadi.

“Bundan keyin ularga sahnalarimizni berishda yaxshilab o‘ylaylik. San’atkorman deb kelib, keyin mana bunday qiliqlar bilan o‘rtaga nizo, sovuqchilik tushiradigan bo‘lsa, umuman kerak emas ularning faqat o‘z karmoniga ishlaydigan san’ati. Sal o‘z qadrimizni bilaylik!”, - deya so‘zini yakunlagan Soatova.

Jurnalist Navbahor Imomova o‘zining Facebook tarmog‘ida bu holatni nonko‘rlikka yana bir misol bo‘lishini yozdi.

Rossiyalik aktyor o‘zbek xalqining tuzini yeb, tuzlug‘iga tupurdimi?

Unga ko‘ra, itni ham bitni ham mehmonga chaqirib, tekin boqib, yana qo‘liga bebaho sovg‘alarni tutqazib, ta’zim qilib kutib olib, kuzatishdan faxrlanib yashaydigan xalq hech qachon izzatda bo‘lmaydi.

“Mana sizga nonko‘rlikning yana bir misoli. Nafaqat O‘zbekistonda, balki chetdagi vatandoshlar ham shunaqa - kim sizga kulib qarasa, boshingizga ko‘tarasiz; bizni tan olyapti, bizga lol qolyapti, degan kayfda do‘ppi-chopon, ikat-atlas kiydirasiz. Nafis sopol sovg‘alar, gilamlar, hunarmandchilik namunalari, qavat-qavat dasturxonlar … O‘zbekistonliklarga kim shunday ehtirom qiladi? Hatto qo‘shnilar ham bu qadar oshirib yubormaydi. Tadbirboz O‘zbekistonga, tasavvur qiling, har yili qancha odam tekinga kelib ketadi? Siz to‘laysiz (bevosita va bilvosita) o‘nlab forum va anjuman qatnashchilarining xarajatlarini. Karnay-surnay, milliy kiyimda qishda qaltirab turadigan qiz va o‘g‘illar … “Ok”, qoyil qolishadi sizga, keyin nima? Dabdabali va qimmat an’analardan (illatlardan) voz kechish, amaliy yondashish vaqti yetib, o‘tib ham ketganini mana shu kallavaram Bezrukov sizga o‘ta farosatsiz shaklda eslatib turibdi”, — deya yozadi u.

Afsuski, ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida Bezrukovning yonini olayotganlar bor. Ularga ko‘ra, Bezrukovning so‘zlari oddiy aytilgan. U aktyor bo‘lgani uchun rolga kirishib va bu jamoatchilik orasida noto‘g‘ri talqin qilina boshladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Bezurokovga nisbatan tanqidlarga u 22 noyabr kuni videomurojaat bilan javob qaytardi.

Rus aktyori sodir bo‘lgan holatni millatlararo nifoqni qo‘zg‘atishga qaratilgan “provokasiya” deb atadi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, ushbu voqeani u Rossiyada ham, O‘zbekistonda ham bir necha bor so‘zlab bergan.

Bezrukovning aytishicha, hikoya hazil ohangda aytilgan bo‘lib, u yerda hech bir xalqni kamsitilmagan.

U o‘z murojaatida o‘zbek madaniyatiga, taomlariga va mehmondo‘stligiga doimo katta hurmat bilan qarashini hamda “Sasha Beliy” obrazi O‘zbekistonda qanchalik mashhur ekanini yaxshi bilishini, o‘zbek aktyori Farhod Mahmudov bilan do‘st ekanini va o‘zbek xalqini hurmat qilishini aytgan.

Aktyor videomurojaatini “Doimgidek o‘zbek xalqi va O‘zbekistonni sevadigan va hurmat qiladigan Sergey Bezrukovman. Provokasiyalarga e’tibor bermang”, degan jumlalar bilan yakunlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

AQSh Eron neft eksportining 90 foizini nazorat qiluvchi Xark orolini egallashni rejalashtirmoqda

Бу ҳақда Axios хабар берди.

Eronning yangi oliy rahbari saylandi, ammo...

Эрон Экспертлар кенгаши мамлакатнинг янги олий раҳбарни сайлади, деб хабар берди Эроннинг Mehr ахборот агентлиги кенгаш аъзоларига таяниб.

Eronning asosiy maqsadi nima?

Мамлакатнинг тактикаси бир неча босқичдан иборат.

Ko‘rfazda AQSh uchun noxush vaziyat

Яқин Шарқда вазият кескинлашиб бораётган паллада Кўрфаз давлатлари АҚШнинг уларни ҳимоя қилиш салоҳиятига ишончни йўқотди, деб хабар бермоқда Foreign Policy журнали.

Masud Pezeshkian Yaqin Sharq yetakchilariga murojaat yo‘lladi

Эрон Президенти Масуд Пезешкиан зарбалардан сўнг Яқин Шарқ мамлакатлари етакчиларига мурожаат қилди.

Poytaxtda "tirik kitob" Xayrulla Asadov jarimaga tortildi

Ижтимоий тармоқларда "тирик китоб" номи билан танилган китоб сотувчиси Хайрулла Асадов ноқонуний тадбиркорлик фаолияти учун жаримага тортилди.

Demak... Eron Ozarbayjonga xujum qilmagan

Эрон Ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи озарбайжонлик ҳамкасби Жейҳун Байрамов билан телефон орқали мулоқот қилиб, Эроннинг яхши қўшничилик сиёсати ва барча соҳаларда алоқаларни кенгайтириш истагини таъкидлади.

AQSh 24 soat ichida 200dan ortiq askarini yo‘qotdi

Эрон расмийлари хабарига кўра, АҚШ инфратузилмаси ва манфаатларига жиддий зарар етказилган.

Amerikaliklarning qariyb yarmi AQShning Erondagi harbiy amaliyotidan norozi

Сўровномада иштирок этган республикачиларнинг 42 фоизи агар Яқин Шарқда америкалик ҳарбийлар ҳалок бўлса ёки яраланса, бу кампанияни қўллаб-қувватламаслигини билдирган.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

“An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

Саудия Арабистонининг “Ан-Наср” клуби раҳбарияти мамлакат Профессионал лигасининг энг машҳур юлдузи Криштиану Роналду билан хайрлашишга тайёр.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Tramp Eronning yangi oliy rahbari haqida gapirdi

Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.

Amerikaliklar Trampning o‘g‘lini urushga yuborishni talab qilmoqda

Bild нашрининг хабар беришича, минглаб америкаликлар Доналд Трампнинг ўғли Берронни ҳарбий хизматга чақиришни талаб қилмоқда.

Trampning Xitoyga tashrifi tafsilotlari oshkor bo‘ldi

South China Morning Post нашри манбаларига кўра, АҚШ президенти Доналд Трамп Хитойга ташрифи давомида Пекиндан бошқа шаҳарларга бормайди.

AQSh Isroilning Eron yoqilg‘i infratuzilmasiga bergan zarbalaridan norozi

Шанба куни Исроил Эрондаги 30 та ёқилғи омборига зарба берган

Andijondagi YTH oqibatida aka-uka vafot etdi

Воқеа 2 март куни соат тахминан 23:00 да содир бўлган. 32 ёшли ҳайдовчи Cobalt машинасида ҳаракатланиб кетаётган вақтида рул бошқарувини йўқотган

NATO havo mudofaa tizimi Turkiyada Eron raketasini urib tushirdi

Бу ҳақда Туркия президенти маъмурияти алоқа бошқармаси раҳбари Бурҳонеттин Дуран маълум қилди.

Eronda AQSh va Isroilni qo‘llab-quvvatlaganlar mulki musodara qilinadi

Эрон Бош прокуратураси АҚШ ва Исроилнинг мамлакатга қарши ҳаракатларини қўллаб-қувватловчи фуқароларга тегишли барча мол-мулкни мусодара қилмоқда.

Germaniyada turar joy binosiga meteorit tushdi

Полиция вакили DPA агентлигига қулаган метеоритлар бошқа ҳудудлардаги томлар ва уйларга ҳам зарар етказганини билдирган.

Bahraynda yirik neftni qayta ishlash zavodi yonib ketdi

Bapco компанияси форс-мажор ҳолатини эълон қилди, бу эса заводнинг ёнилғи етказиб беришни тўхтатишидан далолат беради.

Isfahondagi yadro ob’ekti jiddiy shikastlangan

Халқаро атом энергияси агентлиги ҳозирча бу баёнотларга изоҳ бермади

Buyuk Britaniya HMS Prince of Wales aviatashuvchi kemasini Yaqin Sharqqa joylashtirishga tayyorlamoqda

Бу ҳақда Sky News хабар берди.

Eron Bahrayndagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi, qurbonlar bor

Бу ҳақда Эрон давлат радио ва телевидениеси хабар берди.

Brent neftining narxi 86 dollardan oshdi

Ҳормуз бўғозининг ёпилиши нефть таъминотида узоқ вақт давомида узилишларга олиб келиши мумкин, бу эса “қора олтин” нархининг кўтарилишига олиб келади.

Medvedev arab davlatlariga AQSh bazalari ular uchun tahdid ekanini aytdi

Россия Хавфсизлик кенгаши раиси ўринбосари Дмитрий Медведев Форс кўрфазидаги араб давлатларининг ўз ҳудудларига Америка базаларини жойлаштирганини ва соддаларча улардан ҳимоя кутганини истеҳзо билан гапирди.

Eronga qarshi urush yana bir necha hafta davom etishi mumkin

Бу ҳақда Axios манбаларига таяниб хабар берди.

Tramp Eronga keskin talab qo‘ydi

Трамп Эронни «шартсиз таслим бўлишга» чақирди.

Italiya mudofaa vaziri: Isroil va AQSh xalqaro qonunlarni buzdi

Италия мудофаа вазири Гуидо Крозеттонинг айтишича, Исроил ва АҚШнинг Эронга қарши амалга оширган ҳужумлари халқаро ҳуқуқ меъёрларидан ташқарига чиққан.

Eron yangi hujumlar to‘lqinini boshladi

IRIB ахборот агентлиги хабар беришича, Эрон ракета ҳужумларининг янги тўлқинини бошлади.

Eron Abu-Dabidagi AQSh harbiy shtab-kvartirasiga zarba berdi

Эрон Абу-Даби халқаро аэропорти яқинида жойлашган АҚШ ҳарбий штаб-квартирасига зарба берди, деб хабар қилди IRIB ўзининг Telegram каналида.

Tahlilchi: Eron inqirozi yevroga jiddiy xavf tug‘dirmoqda

Бу ҳақда Alfa-Forex мижозларни қўллаб-қувватлаш ва савдо бўлими раҳбари Александр Шнайдерман маълум қилди.

Oq uy: AQShda ko‘pchilik bilmaydigan qurol zaxiralari mavjud

Бу ҳақда Оқ уй матбуот котиби Каролин Левитт 5 март куни Time журналига маълум қилди.

Ekspertlar: Ispaniyada NATO bilan bog‘liq yechilmas muammo yo‘q

Экспертлар фикрича, Испанияда НАТО билан боғлиқ ечилмас муаммо мавжуд эмас.

Eron Ozarboyjonga qilingan dronlar hujumida Isroilni aybladi

Эрон Бош штабига кўра, ушбу ҳаракат аслида Исроил режими томонидан Эронни айблаш ҳамда мусулмон давлатлар ўртасидаги муносабатларни бузиш мақсадида амалга оширилган.

BMT Erondagi maktabda ro‘y bergan mudhish hodisani tekshirishni talab qildi

БМТнинг Инсон ҳуқуқлари бўйича олий комиссари Фолькер Тюрк Эроннинг Миноб туманидаги мактаб бомбаланиши оқибатида 160 дан зиёд ўқувчи ҳалок бўлиши ҳолатини тезкорлик билан, холис ва ҳаққоний тарзда тафтиш этишни талаб қилди.

Eron Isroilga raketa hujumlari amalga oshirdi – Yaqin Sharqdagi nizo kuchaymoqda

Эрон Payshanba куннинг эрталабида Исроилга ракета ҳужумлари амалга оширди. Бу АҚШ подводная қайиқлари Эрон ҳарбий кемасини торпедо қилганидан сўнг Яқин Шарқдаги низонинг олтинчи куни ҳисобланади.