Rossiyaga qarshi sanksiyalari natijasida “Bosch” zavodlari ishini to‘xtatdi

 Rossiyaga qarshi sanksiyalari natijasida “Bosch” zavodlari ishini to‘xtatdi

AQSh va Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari natijasida “Bosch” zavodlari ishini to‘xtatgandi.

Germaniyaning maishiy texnika ishlab chiqaruvchi “Bosch” kompaniyasi Rossiyadagi ikkita zavodi uchun xaridor qidira boshladi.

Zavodlar Sankt-Peterburg yaqinidagi Strelna qishlog‘ida joylashgan, xabar berdi "Kommersant.ru" nashri

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, zavodlarga allaqachon bir nechta rossiyalik chakana sotuvchilar qiziqish bildirishgan, ammo ularga so‘ralgan narx to‘g‘ri kelmagan.

Bozor ishtirokchilari zavodlarning narxi 65−75 mln yevrogacha bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

“Marvel Distribution” vakilining so‘zlariga ko‘ra, nemis sotuvchisining zavodlarini sotib olish Xitoy yoki Turkiyaning maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.

"Kommersant"ga yana bir kompaniya vakili qo‘shimcha qilishicha, nomzodlar orasida "anchadan beri Rossiyada mahalliylashtirishni istagan" Xitoyning “Midea” yoki “Hisense” brendi bo‘lishi mumkin.

AQSh va Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi, jumladan, asbob-uskunalar va butlovchi qismlar yetkazib berishga qarshi sanksiyalari sabab “Bosch” Sankt-Peterburg yaqinidagi zavodlar ishini to‘xtatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!