Rossiyada uchinchi bola tug‘ilganligi uchun 1 million rubl to‘lash taklifi bildirildi

Rossiyada uchinchi bola tug‘ilganligi uchun 1 million rubl to‘lash taklifi bildirildi

Rossiya Federasiyasi Jamoatchilik palatasi mamlakatda uchinchi va undan keyingi bolalar tug‘ilganligi uchun 1 million rubl miqdorida suyunchi pul to‘lash taklifini bildirdi.

"Izvestiya" nashrining mamlakat rasmiy manbalariga asoslangan xabariga ko‘ra, bu chora tufayli Rossiyada bir yilda tug‘iladigan bolalar soni yana 100 mingtaga ortishi prognoz qilinmoqda.

Qayd etilishicha, joriy davrgacha ushbu tadbir Primorsk o‘lkasida joriy qilingan. Endilikda chorani barcha hududlarda federal darajada tatbiq etish, shuningdek, homilador ayollar uchun to‘lanadigan oylik nafaqa miqdorini oshirish tashabbusi ilgari surilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!