Rossiyada shaxmatchi raqibini zaharlashga uringani uchun diskvalifikasiya qilindi
Bu haqda tashkilot prezidenti Andrey Filatov ma’lum qildi.
Klassik shaxmat bo‘yicha Dog‘iston chempionati zaharlanish hodisasi tufayli to‘xtatildi: ishtirokchilardan biri Maxachqal’alik Amina Abakarova o‘zining kaspiysklik raqibi Umayganat Osmanovaning stoliga simob sepdi. Jabrlanuvchi tibbiy yordamga muhtoj edi.
Zaharlanish hodisasi o‘tgan juma, 2 avgust kuni, to‘rtinchi raund boshlanishi arafasida sodir bo‘lgan. Biroq videokuzatuv kameralari tasvirlari bugun, 7 avgust kuni paydo bo‘ldi.
Kameralardagi video internetga tarqalgach, Dog‘iston sport vaziri Sojid Sojidov voqeaga izoh berdi. Uning aytishicha, voqeadan so‘ng darhol Amina Abakarova Dog‘iston chempionatida ishtirok etishdan chetlashtirilgan. Shuningdek, u FCR homiyligidagi barcha musobaqalarda ishtirok etishdan vaqtincha to‘xtatildi. Endi Amina Abakarova umrbod diskvalifikasiya va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.