Rossiyada Migrasiya xizmati xodimi O‘zbekiston fuqarosini kaltakladi

Rossiyada Migrasiya xizmati xodimi O‘zbekiston fuqarosini kaltakladi

Rossiyaning Tomsk shahrida Migrasiya xizmati xodimi tomonidan O‘zbekiston fuqarosi kaltaklandi. Holat aks etgan videoyozuv 2 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.

Videolavhada Federal xizmat xodimining o‘zbekistonlik erkakdan haydovchilik guvohnomasini taqdim etishni so‘ragani, erkakning esa uni ko‘rsatishni xohlamasligi, chunki pasportning o‘zi yetarli ekanini aytgani aks etgan.

Natijada xodim O‘zbekiston fuqarosini xonaga olib borib, xizmatning boshqa mijozlari oldida kaltaklagan. Vesti.ru nashrining yozishicha, jabrlanuvchi darhol polisiyaga ariza bilan murojaat qilgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi munosabat bildirdi. Xabarda qayd etilishicha, ushbu holatga aniqlik kiritish, shuningdek har tomonlama va ob’ektiv tekshiruv o‘tkazish yuzasidan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi hamda Agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan Rossiyaning vakolatli idoralariga tegishli so‘rovnomalar yuborildi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Tergov qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi ushbu voqea bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshlagan, deyiladi xabarda.

Agentlik amalga oshirilgan ishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!