Rossiyada migrantlar IT-texnologiyalari yordamida nazorat qilinadi

Rossiyada migrantlar IT-texnologiyalari yordamida nazorat qilinadi

Rossiya IIV mamlakatda bo‘lib turgan migrantlar ustidan nazoratni zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish hisobiga kuchaytirishga umid qilmoqda.
Bunday qonun loyihasi IIV tomonidan 2020-2022 yillarda Rossiya Federasiyasining Davlat migrasiya siyosati konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidagi tadbirlar doirasida tayyorlangan. Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasidan o‘tgan va Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligiga yo‘naltirilgan.
Yangilik mamlakatdagi xorijliklarning kirish va bo‘lishlarini nazorat qilish sifatini oshirishi kerak.
“Qonun loyihasining ishlab chiqishning maqsadlari biri xavfsizlikni ta’minlash darajasini, jumladan, davlat xizmatlarini ko‘rsatish va davlat nazoratini amalga oshirish jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga oshirishdir”, - deyilgan xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!