Rossiyada avtobus va mikroavtobus to‘qnashdi: 4 kishi halok bo‘ldi

Rossiyada avtobus va mikroavtobus to‘qnashdi: 4 kishi halok bo‘ldi

Novosibirsk viloyatida avtobus va Toyota Noah mikroavtobusi ishtirokida avtofalokat sodir bo‘ldi. Fojia oqibatida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Ichki ishlar vazirligining viloyat bo‘yicha bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, mikroavtobus haydovchisi hozircha noma’lum sabab bilan qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, Tomskdan Barnaulga ketayotgan yo‘lovchi avtobusiga urilib ketgan.

Mikroavtobusdan to‘rt kishi halok bo‘ldi. Ular 52 yoshli haydovchi, 9 yoshli qiz, 4 yoshli bola va hozirda shaxsi aniqlanayotgan ayol. Yana ikki yo‘lovchi jarohat oldi.

Yo‘lovchi avtobusida hech kim tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagan. Hozir barcha holatlarga aniqlik kiritilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!