Rossiya va Turkiya Tog‘li Qorabog‘da tinchlikni saqlashga boshqa mamlakatlarni ham jalb qilmoqchi

Rossiya va Turkiya Tog‘li Qorabog‘da tinchlikni saqlashga boshqa mamlakatlarni ham jalb qilmoqchi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Rossiya rahbari Vladimir Putin telefon orqali muloqot o‘tkazib, Tog‘li Qorabog‘da tinchlikni saqlash ishlariga boshqa mamlakatlarni ham jalb qilishni muhokama qilishdi. Bu haqda 25 noyabr kuni Erdo‘g‘anning o‘zi ma’lum qildi.

27 sentyabr kuni Ozarbayjon va Armaniston Tog‘li Qorabog‘ni talashib urush boshlashgandi. Olti hafta davom etgan ushbu harbiy to‘qnashuvlarga 10 noyabr kuni barham berildi. Shu kuni Armaniston va Ozarbayjon rasmiylari Rossiya vositachiligida shartnoma imzoladilar.

Ushbu bitim shartlariga binoan, Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘ga kiritildi. Bu esa Ozarbayjonning ushbu hududda yanada ko‘proq yerlarni o‘z nazoratiga olishini to‘xtatib qo‘ydi. Turkiya hali Tog‘li Qorabog‘ga o‘z armiyasini kiritganicha yo‘q. Lekin, turklar Qorabog‘ni birgalikda nazorat qilish bo‘yicha Rossiya bilan kelishuvga erishganlar.

“Biz buni yanada rivojlantirish va kengaytirish imkoniyatiga egamiz.  Biz bu masalani janob Putin bilan ham muhokama qildik» dedi Erdo‘g‘an Tog‘li Qorabog‘dagi harbiylar haqida gapirar ekan.

Erdog‘anning aytishicha, agar mintaqadagi boshqa davlatlar ham Tog‘li Qorabog‘dagi tinchlikni saqlash ishlariga jalb qilinsa, ushbu holat “yuqori darajaga” ko‘tarilishi mumkin. Ammo, u aynan qaysi davlat Tog‘li Qorabog‘ga o‘z harbiylarini kiritishi kerakligini aytmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!