Rossiya Tojikistonga chegara uchun 100 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratadi

Rossiya Tojikistonga chegara uchun 100 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratadi

Rossiya hukumati Tojikistonga tojik-afg‘on chegarasida zastava qurish uchun 100 million dollardan ortiq mablag‘ ajratadi.

Ma’lum qilinishicha, Tojikiston parlamenti a’zolari kelishuvni ma’qullagan, mablag‘ yordam tariqasida beriladi. Hujjatni respublika moliya vaziri taqdim etgan. Uning ta’kidlashicha, kelishuvdan ko‘zlangan maqsad Tojikiston davlat chegaralarini himoya qilishni kuchaytirishdan iborat.

Zastavani tojik chegarachilari qo‘riqlaydi, uning qaysi hududda qurilishini vakolatli idoralar belgilaydi. O‘z navbatida, AQSh ham ikki yil davomida Tojikistonga havfsizlik uchun 60 million dollar ajratmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!