Rossiya TIV Xalqaro Gaaga sudining Putinni hibsga olish orderiga munosabat bildirdi

Rossiya TIV Xalqaro Gaaga sudining Putinni hibsga olish orderiga munosabat bildirdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Xalqaro Gaaga sudining Rossiya prezidenti Vladimir Putinni va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olish orderiga munosabat bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Xalqaro jinoiy sud qarorlari mamlakatimiz uchun, jumladan, huquqiy nuqtai nazardan ham hech qanday ma’noga ega emas. Rossiya Xalqaro Jinoyat sudining Rim statuti ishtirokchisi emas va unga ko‘ra hech qanday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmaydi. Rossiya bu organ bilan hamkorlik qilmaydi va Xalqaro sud tomonidan hibsga olishning mumkin bo‘lgan ‘reseptlari’ biz uchun qonuniy kuchga ega bo‘lmaydi”, — dedi Mariya Zaxarova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!