Rossiya TIV Boku va Yerevanga murojaat qildi

Rossiya TIV Boku va Yerevanga murojaat qildi

Rossiya tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjonning Qorabog‘ viloyati Lochin yo‘lagi va boshqa hududlarida keskinlik kuchayganidan o‘ta xavotir bildirdi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabarida aytiladi.

Vazirlik halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

“Rossiya harbiylari vaziyatni barqarorlashtirish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirmoqda. Har ikki tomon bilan faol ish barcha kanallar va barcha darajalarda, jumladan, mamlakat oliy rahbariyati orqali amalga oshirilmoqda. Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ozarbayjonlik va armanistonlik hamkasblari bilan yaqin aloqada”, — deyiladi xabarda.

Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni bosiqlikka va otashkesimga rioya qilishga chaqirdi.

“Biz mavjud qarama-qarshiliklarni faqat siyosiy va diplomatik vositalar bilan, tomonlarning pozisiyalarini hisobga olgan holda va Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlarining 2020 yil 9 noyabrdagi bayonoti qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda hal qilish kerakligidan kelib chiqamiz”, deyiladi bayonotda.

Vazirlikning ishonchi komilki, tomonlarning sa’y-harakatlari mavjud uch tomonlama muzokaralar formatlari doirasida Boku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatlarda ijobiy kun tartibini shakllantirishga qaratilishi kerak.

Avvalroq Ozarbayjon tomoni Yerevan uch tomonlama keluvga rioya etmayotgani, Rossiya esa bunga ko‘z yumayotgani haqida ko‘p bora ogohlantirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!