Rossiya rahbariyati terrorchi sifatida baholanishi kerak — NATO PAning yangi raisi

Rossiya rahbariyati terrorchi sifatida baholanishi kerak — NATO PAning yangi raisi

NATO Parlament Assambleyasi prezidenti etib endigina saylangan fransiyalik senator Joel Garyo-Maylyam Rossiya rahbariyatini xalqaro tribunalda terrorchi sifatida ko‘rish kerakligini ma’lum qildi.

Joel Garyo-Maylyam saylovdan keyingi nutqida NATO sharqiy ittifoqchilarining Rossiya tahdidi haqidagi ogohlantirishlari Rossiya Ukrainaga hujum qilguniga qadar alyansning g‘arbiy davlatlari tomonidan chetlab o‘tilganini eslatdi.

"Endi hech qanday ikkilanish bo‘lishi mumkin emas. Rossiya rahbarlari haqiqiy terrorchilar kabi harakat qilishmoqda, misli ko‘rilmagan vahshiylik — tinch aholi va infratuzilmaga hujum qilishmoqda. Biz harakat qilishimiz kerak, ular xalqaro tribunallarda terrorchi sifatida sudlanishi kerak", — deydi kasbi bo‘yicha huquqshunos va xalqaro huquq bo‘yicha mutaxassis Joel Garyo-Maylyam.

"NATO parlamenti sifatida biz Ukraina va uning xalqi – erkinlik, demokratiya va suverenitetni himoya qilishda har kuni jasorat va matonat ko‘rsatadigan xalqning yonida bo‘lishimiz kerak", — deya takidladi u.

Keyinchalik, NATO PAning joriy sessiyasida xususan, Rossiyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlat deb e’lon qiladigan rezolyusiyani qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun, NATO Parlament Assambleyasi alyansning maslahat organi bo‘lib, unda barcha a’zo mamlakatlar parlamentlari delegasiyalari yig‘iladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!