"Rossiya qo‘shinlari Zaporojye yo‘nalishidagi Orexov tumanini mudofaa qilmoqda"

 "Rossiya qo‘shinlari Zaporojye yo‘nalishidagi Orexov tumanini mudofaa qilmoqda"

"Rossiya qo‘shinlari Zaporojye yo‘nalishidagi Orexov tumanini mudofaa qilmoqda", dedi Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar. Qolaversa, u Ukraina qurolli kuchlarining janubda qarshi hujumi boshlanganini tasdiqladi.

Avvalroq Zaporojye viloyatining Rossiya nazoratidagi qismi rahbari Ukraina Qurolli kuchlarining Orexov viloyatidagi hujumlari qaytarilganini ma’lum qilgandi.

Malyar, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlari Baxmut yo‘nalishida faol kurash olib borayotganini, rus harbiylari esa hujumga o‘tishda muvaffaqiyatsizlikka uchrayotganini ham ta’kidlab o‘tdi.

Bundan tashqari, Ukraina harbiylari Donesk yaqinidagi Marinka viloyatida Rossiya armiyasining “ko‘plab hujumlarini” qaytardi.

Donesk viloyati g‘arbidagi Velikaya Novoselka uchun janglar davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!