Rossiya Qozog‘istondan sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam so‘radi

Rossiya Qozog‘istondan sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam so‘radi

Rossiya kompaniyalari Qozog‘istondagi hamkorlardan G‘arb tomonidan kiritilgan sanksiyalarni chetlab o‘tishda ko‘proq yordam so‘ray boshladi. Bu haqda manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi.

Nashrning yozishicha, rossiyalik treyderlar sanksiyalarni chetlab o‘tishning allaqachon turli usullarini o‘rgangan. Natijada uchinchi mamlakatlar orqali tovar yetkazib berishning butun tarmog‘i yaratilgan. Ko‘plab tovarlar Turkiya va sobiq Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan mamlakatlar orqali Rossiyaga olib kelinadi.

Manbalar Rossiyadan turli tovarlarni yetkazib berish uchun yordam murojaatlari ko‘payganiga guvohligini aytgan. Ular orasida maishiy elektronika, metallar, podshipniklardan tortib samolyot qismlarigacha bor. Ikki manba Rossiyaning bunday tovarlarga qiziqishi ortib borayotganini Turkiyaning sanksiyalangan tovarlar tranzitiga chek qo‘yish rejalari bilan bevosita bog‘ladi.

Qozog‘istonlik tadbirkorlardan birining aytishicha, asli Avstraliyadan kelgan nodir metallarini tashib o‘tishga yordam berish uchun unga 1 million dollar taklif qilingan. Qozog‘iston hukumati Reuters’ning izoh berish so‘roviga javob bermagan.

Manbalarning ta’kidlashicha, ruslar sanoat uskunalari, temir yo‘l podshipniklari, ilg‘or elektronika, radiotexnika, turbinalar, samolyot qismlari, xom ashyo va hattoki bank kartalari materiallarini o‘z ichiga olgan juda katta xarid ro‘yxatiga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!