Rossiya neft eksporti uchun narx chegarasi joriy qilinganidan keyin eski tankerlardan iborat "soya flot" yaratadi

Rossiya neft eksporti uchun narx chegarasi joriy qilinganidan keyin eski tankerlardan iborat "soya flot" yaratadi

Rossiya 2022 yil boshidan buyon 100 dan ortiq neft tashuvchi kemalar sotib oldi, deb yozadi The Financial Times yuk tashish brokeri Braemar va Rystad energetika konsalting kompaniyasining hisob-kitoblariga tayanib.

Rossiya bu operasiyalarni bildirmaslikka harakat qilmoqda. Ammo Braemar ilgari noma’lum xaridorlar sonining sezilarli o‘sishini payqadi. Ular 12–15 yillik va yaqin muddat ichida hisobdan chiqarilishi kerak bo‘lgan kemalarni sotib olishmoqda.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, ushbu kemalar Rossiya Federasiyasi uchun sotib olinadi va Hindiston, Xitoy va boshqa Osiyo mamlakatlariga neft yetkazib berish uchun foydalaniladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!