Rossiya Moliya vazirligi 2022 yilda yalpi ichki mahsulot 12 foizga qisqarishini taxmin qildi

Rossiya Moliya vazirligi 2022 yilda yalpi ichki mahsulot 12 foizga qisqarishini taxmin qildi

Rossiya Moliya vazirligi 2022 yilda yalpi ichki mahsulot 12 foizga qisqarishini kutmoqda. Bu haqda Bloomberg departamentning ichki prognozlariga tayanib xabar berdi. Bu 1994 yildan beri eng katta iqtisodiy tanazzuldir.

Agar prognoz amalga oshsa, resessiya iqtisodiyotning qariyb 10 yil davomida o‘sishini qoplaydi. Rossiya Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi agentlik so‘roviga javob bermagan.

Rossiya Markaziy banki yil oxirigacha YAIM 8—10 foizga tushishini kutmoqda. Regulyatorning fikricha, cho‘qqi to‘rtinchi chorakda bo‘ladi va u maksimal 16,5 foizga (minimal 12,5 foiz) yetadi.

«Vedomosti»ning xabar berishicha, Rossiya Iqtisodiyot vazirligi yalpi ichki mahsulot asosiy holatda 8,8 foizga, konservativ ssenariyda esa 12,4 foizga tushishini kutmoqda.

Rossiya Hisob palatasi raisi Aleksey Kudrin qisqarishning rasmiy prognozi 10 foizdan ortiq bo‘lishini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!