Rossiya ko‘miri endi Yevropa Ittifoqiga kerak emasmi?

Rossiya ko‘miri endi Yevropa Ittifoqiga kerak emasmi?

Rossiya ko‘mirini Yevropa Ittifoqiga yetkazib berishni taqiqlash 10 avgustdan boshlab kuchga kirdi. Rossiya kompaniyalari allaqachon Hindiston va Turkiyaga yetkazib berishni yo‘naltirishgan, yevropaliklar esa Kolumbiya, Avstraliya va Janubiy Afrikadan xom ashyo sotib olishni boshladilar.

Joriy yilning aprel oyida Yevropa Ittifoqi beshinchi sanksiya paketining bir qismi sifatida Rossiya ko‘mirini va boshqa qattiq qazilma yoqilg‘ilarni sotib olish, import ëki tranzit qilishni taqiqlashini e’lon qildi. 10 avgustdan boshlab taqiq kuchga kirdi, undan oldin tomonlarga 9 aprelgacha tuzilgan shartnomalarni bajarishga ruxsat berildi.

Evropa komissiyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, embargo yiliga 8 milliard yevro miqdoridagi Rossiya ko‘mir eksportining 25 foiziga ta’sir qilgan.

Energetika vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda Rossiyadan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ko‘mir eksporti 48,75 million tonnani tashkil etdi (umumiy eksportning 22,6 foizi – tahr). Ularning katta qismi issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan energiya ko‘miriga to‘g‘ri keldi – 45,3 million tonna, yana 3,45 million tonna – po‘lat ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan kokslash uchun.

BCS Global Markets ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada harbiy maxsus operasiya boshlanishidan oldin Rossiya Yevropa Ittifoqining ko‘miri yonilg‘isiga bo‘lgan ehtiyojining 70 foizini ta’minlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!