Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda logistika markazini barpo qiladi

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda logistika markazini barpo qiladi

“TEN” kompaniyasi O‘zbekistonda logistika markazini barpo qiladi, investisiya miqdori 7 million dolllar. Bu haqda Sputnik nashri RIA Novostiga tayanib xabar berdi

“Ural “TEN” kompaniyasi va Namangan xokimiyati o‘rtasida kelishuvga erishildi. Kompaniya Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida Rossiyaga jo‘natiladigan meva sabzavotlarni saralash va qadoqlash ishlarini amalga oshirish uchun zamonaviy logistik markazini quradi”, - dedi diplomat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, markazni qurish uchun investisiya miqdori 7 million dollar bo‘ladi. Loyihani 2019 yil yanvar oyiga mo‘ljallangan.

13 noyabr kuni Yekaterinburgda O‘zbekiston bosh konsulligi ochilgandi.

Bosh konsul etib Abdusalov Xatamov tayinlandi. Undan oldin u TIV konsullik-huquqiy departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan.
 

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!