Rossiya JSSTga COVID-19ga qarshi yaratilgan 8 vaksinani taklif qildi

Rossiya JSSTga COVID-19ga qarshi yaratilgan 8 vaksinani taklif qildi

Rossiya Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga yangi koronavirus infeksiyasi uchun sakkiz nomzod vaksinani yuborishga tayyor. Bu haqda JSSTning Rossiya Federasiyasidagi vakili Melita Vuynovich ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksinalar Rossiya Federasiyasining turli institutlari tomonidan tayyorlangan.

Shuningdek, 22 may holatiga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar tomonidan hammasi bo‘lib, 124 ta potensial nomzod vaksinalar mavjud. Bu haqda allaqachon JSSTga xabar berilgan.

"Shulardan o‘ntasi klinik baholash, 114 tasi esa klinik sinovlargacha bo‘lgan bosqichda", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!