Rossiya hujum qilgan taqdirda Yevropa mamlakatlari qo‘shinlarini tezkor joylashtira olmaydi – Yevropa Hisob palatasi

Evropa Ittifoqining 2022 yilda qabul qilingan “Harbiy harakatlar rejasi”ni o‘rgangan auditorlar erishilgan yutuqlar "etarli emas" degan xulosaga kelishdi. Ma’lum bo‘lishicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qit’a bo‘ylab katta miqdordagi qo‘shinlar, harbiy texnika va yuklarni tezkorlik bilan ko‘chira olmaydi.
Bunga ba’zan YEI davlatlaridagi yo‘l harakati qoidalari ham sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, bir davlatning tanklari agar ularning og‘irligi mahalliy yo‘l harakati qoidalarida belgilangan ruxsat etilgan massadan oshsa, boshqa davlat hududidan o‘ta olmaydi.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqining 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan “Harbiy mobillik” byudjeti (1,7 milliard yevro) allaqachon to‘liq sarflangani aniqlandi. Ushbu mablag‘larga asosan Yevropa Ittifoqining sharqiy qismidagi loyihalar moliyalashtirilgan, janubiy yo‘nalish – Ukrainaga boradigan yo‘llar deyarli e’tibordan chetda qolgan.
"Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzi haqiqiy burilish nuqtasi bo‘ldi, Yevropa Ittifoqi yo‘qotilgan vaqtni qoplash zaruratini yanada keskin his qilmoqda", deya xulosa qiladi Yevropa Hisob palatasi.