Rossiya Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘quv mashg‘uloti vaqtida vafot etdi

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘quv mashg‘uloti vaqtida  vafot etdi

“Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yevgeniy Zinichev Arktika zonasini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish bo‘yicha idoralararo mashg‘ulotlarga qatnashib, xizmat vazifasini bajarish vaqtida fojiali tarzda vafot etganini afsus bilan ma’lum qiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Zinichev 1966 yil 18 avgustda Leningradda tug‘ilgan. Sankt-Peterburg biznes va huquq institutining iqtisodiyot hamda moliya va kredit fakultetini tamomlagan.

Qayd etilishicha, u 2013 yilda Rossiya Federasiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasida professional qayta tayyorgarlikdan o‘tgan.

Evgeniy Zinichev 1984-1986 yillarda SSSR Qurolli Kuchlarida Shimoliy flotda xizmat qilgan. 1987-2015 yillarda esa Davlat xavfsizlik organida ishlagan.

https://ria.ru/20210908/zinichev-1749159052.html


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!