Rossiya elchisi "Qotil" degan qichqiriqlar bilan ko‘rgazmadan haydab chiqarildi

Rossiyaning Bolgariyadagi elchisi Eleonora Mitrofanova Sofiyadagi "Kvadrat 500" Milliy galereyasidagi ko‘rgazmani "Qotil" va "Bu yer Moskva emas, bu yer Yevropa" degan baqiriqlar sababli tark etishga majbur bo‘ldi.
"Ozod Yevropa/Ozodlik" radiosi elchining 6 mart kuni Nyu-Yorklik noma’lum ayol rassomlar guruhi Guerrilla Girls ko‘rgazmasiga tashrifi paytida olingan videoni e’lon qildi.
"Ozodlik" radiosining Bolgariya xizmati xabar berishicha, Mitrofanova ortidan "Qotil" so‘zlarini Natali Todorova (shaxsi aniqlanmagan) baqirgan.
Shundan so‘ng Mitrofanova boshqa zalga o‘tadi, qiz esa uni ta’qib qilishda davom etadi. Unga bir nechta boshqa tashrif buyuruvchilar qo‘shilib, "Bu Moskva emas" deb hayqira boshlaydilar, natijada elchi ko‘rgazmani tark etishga majbur bo‘ladi.