Rossiya aviakompaniyalari O‘zbekiston va Qozog‘istonga parvozlarni ko‘paytirishni so‘rashdi

Rossiya aviakompaniyalari O‘zbekiston va Qozog‘istonga parvozlarni ko‘paytirishni so‘rashdi

Ushbu mamlakatlarga yozgi reyslarni amalga oshirish uchun Federal havo transporti agentligiga rekord miqdordagi arizalar topshirildi.

Xususan, endilikda O‘zbekistonga haftasiga 92 marta parvozlar amalga oshirilmoqda. Tashuvchilar qo‘shimcha reyslarga qabul qilingandan so‘ng respublikaga reyslar haftasiga 128 tagacha ko‘tariladi.

Red Wings ish hajmini ikki baravar oshirish tashabbusi bilan chiqdi. Endi ular haftasiga ikki marta Buxoro, Samarqand va Ugranchga uchadi. Utair va Aeroflot haftasiga 7 reysni qo‘shish niyatida. Sibir aviakompaniyasi O‘zbekistonga 14 tagacha reys so‘ragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!