"Rossiya allaqachon Ukraina bilan urushda "strategik jihatdan mag‘lub bo‘lgan"

"Rossiya allaqachon Ukraina bilan urushda "strategik jihatdan mag‘lub bo‘lgan"

Rossiya Ukraina bilan urushda "strategik jihatdan yutqazdi", katta yo‘qotishlarga uchradi va Finlyandiya hamda Shvesiya qo‘shilishni istagan NATOni mustahkamladi, dedi Britaniya mudofaa rahbari Toni Radakin.

"Rossiyaning bu dahshatli xatosi. Rossiya hech qachon Ukraina ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olmaydi", - dedi yuqori martabali zobit.

Radakinning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelgusi haftalarda taktik yutuqlarga erishishi mumkin, ammo buning uchun u allaqachon o‘z armiyasining 25 foizidan foydalanishga majbur bo‘lgan.

Radakinning qo‘shimcha qilishicha, Putin 50 ming o‘lik yoki yaradorni qabul qilib, kichik bir hududni qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi holos.

U yana bir bor Buyuk Britaniya Kiyevni uzoq muddatda katta miqdordagi qurol-yarog‘ yetkazib berish bilan qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!