Ronalduning haqiqatlari: U doimo qo‘shimcha ikki soat shug‘ullanib kelgan

Ronalduning haqiqatlari: U doimo qo‘shimcha ikki soat shug‘ullanib kelgan
Portugaliyaning Sporting klubi sobiq yoshlar bosh murabbiyi Joau Koutu Ronaldu haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
 
Bilasizmi, Krishtianu dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish istagi haqida gapirgani afsona emas. U bu gaplarni menga aytgandi. Men jilmayib qo‘ydim, lekin uni ustidan ovozimni chiqarib kulib yuborganim yo‘q. Chunki ilgari bunday shijoatli va g‘alabalarga tashna futbolchini ko‘rmagandim.
Garchi men Kuarejma, Nani, Moutinyu kabi futbolchilar bilan ishlagan bo‘lsam-da, Krishtianudek mehnatkash o‘yinchini ko‘rmagandim.
 
Ronalduga o‘shanda eng yaxshi bo‘lishni istasang, ko‘proq mehnat qilishing kerak va murabbiylarning barcha gaplarini diqqat bilan tinglashing lozim, deganman.
 
U texnik va jismoniy jihatdan chidamli edi. O‘z navbatida normal axloqga ham ega. Ronaldu o‘zidan hech qachon qoniqmasdi. Mashg‘ulotlar yakunlangandan so‘ng yana 2 soat vaqtini sport zalida o‘tkazardi. Futbolchilarning jismoniy holatiga javobgar murabbiy bilan qo‘shimcha ravishda doimo shug‘ullanib kelgan , deydi Ronalduning sobiq murabbiyi shogirdini xotirlarkan.
Ma’lumot o‘rnida, Krishtianu Ronaldu Lissabonning Sporting klubi yoshlar jamoasi tarkibida 1997-2002 yillarda to‘p surgan. U 2002-2003 yilgi mavsumda asosiy jamoaga jalb qilinib, ko‘plab mutaxassislar e’tiboriga tushadi. Portugaliyalik 2003 yilning yozida 12.24 million funt sterling evaziga Manchester Yunayted tarkibiga borib qo‘shiladi.
 
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu hozirda jarohatini davolash bilan band. Uning kelasi hafta Chempionlar Ligasi doirasida Yuventus va Ayaks bahsida keksa-senyora tarkibida maydonga tushishi so‘roq ostida turibdi, deydi uza.uz .

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!