Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga chaqirildi

Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga chaqirildi

Dushanba kuni Portugaliya terma jamoasiga iyun oyidagi yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Ro‘yxatda yil boshidan buyon Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubida to‘p tepayotgan yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu ham bor.

Portugaliyaning to‘liq tarkibi quyidagicha: Diogo Kosta, Sa, Patrisiu - Antonio Silva, Danilo, Dalot, Ignasio, Kanselo, Semedu, Pepe, Gerreyro, Ruben Dias, Toti Gomesh - Bernardu Silva, Bruno Fernandes, Palinya, Otaviu, Sanches, Xorta , Nevesh, Vitinya - Ronaldu, Jota, Ramos, Feliks, Leau.

Iyun oyida Portugaliya terma jamoasi Yevro-2024 saralashida Bosniya va Gersegovina hamda Islandiyaga qarshi maydonga tushadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!