Ronaldu "Manchester Yunayted"ni kuchsizlantirdi — mutaxassis

Ronaldu "Manchester Yunayted"ni kuchsizlantirdi — mutaxassis

"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager nima uchun portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning kelishi "Manchester Yunayted"ni kuchsizlantirganini tushuntirib berdi.

"Ular jamoa emas, o‘yinchilar guruhi bo‘lib qolmoqda. Krishtianu Ronaldu muammoni hal qilishdan ko‘ra yomonlashtirdi. Shuning uchun ham, ajoyib tarkibga qaramay, ular hali top-4ning qolgan jamoalari darajasida emas.

Ular uydagi so‘nggi 2 o‘yinda 5 ochkodan mahrum bo‘lishdi va bu ularning o‘zgaruvchanligini ko‘rsatmoqda", dedi Karrager.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" Ronalduni o‘tgan yozda "Yuventus"dan sotib olgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!