Ronaldu effekti: "MYu" futbolchilari choy va qahvaga shakar solishni to‘xtatdi

Ronaldu effekti: "MYu" futbolchilari choy va qahvaga shakar solishni to‘xtatdi

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadoshlariga qanday ta’sir qilgani ma’lum bo‘ldi.

The Athletic xabariga ko‘ra, futbolchilar ovqatlanish va sportga ilmiy yondashish bo‘yicha Ronalduga ergashishmoqda. Misol uchun, ba’zi futbolchilar choy va qahvaga shakar qo‘shishni to‘xtatdilar.

Bir muddat avval Krishtianu «Yunayted» futbolchilarining ishga munosabatidan norozi bo‘lgani va ular trenajyor zalida ortiqcha ishlamaganidan hayratga tushgani haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!