«Roma» rahbariyati Mourinyoning o‘rniga bosh murabbiy topib qo‘ydi

«Roma» rahbariyati Mourinyoning o‘rniga bosh murabbiy topib qo‘ydi

«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourinyoning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga yetadi. Portugaliyalik muaxassis katta ehtimol bilan Rimni tark etadi.

«Roma» rahbariyati esa allaqachon yangi murabbiy qidirishni boshlab yubordi. Sportmediaset tarqatgan xabarga ko‘ra, rimliklar ayni paytda ishsiz yurgan Antonio Konte bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, «Sassuolo» ustozi Alessio Dionizining nomzodi ham ko‘rib chiqilmoqda.

«Roma» A seriyaning joriy mavsumida dastlabki 7 ta o‘yindan keyin 8 ochko bilan jadvalda 12-pog‘onani egallab turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!