Reuters: Pentagon Ukrainaga NASAMS tizimlari uchun 1,2 milliard dollar ajratadi

Reuters: Pentagon Ukrainaga NASAMS tizimlari uchun 1,2 milliard dollar ajratadi

Pentagon AQShning Raytheon Technologies kompaniyasi bilan Ukrainaga yetkazib beriladigan oltita ilg‘or NASAMS havo mudofaa tizimlari uchun 1,2 milliard dollarlik shartnoma imzolaydi. Bu haqda Reuters agentligi ishonchli manbalariga tayanib xabar bermoqda.

AQSh hukumati Ukrainaga jami sakkizta NASAMS tizimini yuborishni ma’qullagan. Avvalroq, ikkita shunday tizim allaqachon Ukrainaga yetib kelgan.

NASAMS — past va o‘rta balandlikdagi havo nishonlariga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan mobil zenit-raketa tizimi. U dronlar, ballistik va qanotli raketalar, vertolyotlar, samolyotlar va boshqa havo nishonlarini yo‘q qilishga ixtisoslashgan.

Kompleks Norvegiyaning Kongsberg Defence & Aerospace va AQShning Raytheon Technologies kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!